Qozog`iston Respublikasi IIV Migrasiya xizmati qo`mitasi kun davomida poytaxtda 119 nafar noqonuniy mehnat muhojiri aniqlanganini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, chiqindilarni qayta ishlash korxonasi hududida olib borilgan ishlar davomida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 37 nafar O`zbekiston fuqarosi aniqlangan.
Shuningdek, xonadonlar, yotoqxonalar, qurilish maydonchalari, ishlab chiqarish maydonlari va bozorlar ko`zdan kechirilgan.
Migrasiya xizmati qo`mitasi xodimlari qonunchilikka rioya qilishga chaqirib, tegishli ruxsatnomasiz qolgan xorijliklarni ish beruvchi tomonidan qayta ishga yollash uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirgan.






