O`zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari BAAning Sharja aeroportida sodir bo`lgan baxtsiz hodisa oqibatida og`ir jarohat olgan vatandoshimiz holidan xabar olishdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
Diplomatlar S.Sh.I. holidan xabar olish uchun "Al Qassimi" kasalxonasiga tashrif buyurishib, konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish yo`nalishida bir qator masalalar, jumladan tibbiy muolaja xarajatlarini mahalliy tashkilotlar tomondan qoplanishiga erishdi.
1955 yilda tug`ilgan S.Sh.I. amalga oshirilgan konsullik-huquqiy tadbirlar natijasida Vatanga qaytarildi. Fuqaro va uning hamrohi "Uzbekistan airways" kompaniyasi tomonidan bepul taqdim qilingan aviachipta bilan O`zbekistonga qaytib ketdi.
Shuningdek, S.Sh.I. kasalxonada davolanishi mobaynida uning BAAda bo`lib turgan qarindoshlariga Sharja xalqaro aeroporti tomonidan bepul mehmonxona taqdim etildi.






