AsosiyJamiyat

Ayollarga alohida imtiyozlar berishning o`zi kamlik qiladi — Saida Mirziyoeva

'Ayollarga alohida imtiyozlar berishning o`zi kamlik qiladi — Saida Mirziyoeva'ning rasmi

Jahon banki e`lon qilgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston dunyo bo`yicha gender tengligi sohasida eng samarali rivojlanayotgan davlatlar 5 taligiga kirdi. Bu haqda Saida Mirziyoeva xabar qilmoqda.

“Bunday natijaga erishishimizga ayollarni zo`ravonlik va kamsitishdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonunlar sabab bo`ldi.

Albatta, biz birdaniga eng rivojlangan ongli jamiyatda yashay boshladik, zo`ravonlikni tag-tugi bilan yo`q qildik, deya olmaymiz. Bu – qonunlarni  hayotga doimiy tatbiq qilish, mehnat faoliyati uchun barchaga birdek sharoit yaratish, teng iqtisodiy imkoniyat berish ustida tinimsiz ishlashimiz zarur, degani.

Biz bugun shunday darajaga etdikki, xotin-qizlarga faqat kvotalar va alohida imtiyozlar berishning o`zi kamlik qiladi. Men  jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli o`zgarishlar bo`lishini istardim.

Har kuni zo`ravonlik va eskicha qarashlarga qarshi kurashib, temir to`siqlarni sindirib, mashaqqatli islohotlarimizni amalga oshirishga hissa qo`shayotganlar – haqiqiy qahramonlik ko`rsatmoqda. Bunday insonlarning har biriga rahmat deyman”, - deydi Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar