AQShning BMTdagi sobiq elchisi va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyli Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo`lish uchun kurashdan chiqishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. U AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Respublikachilar partiyasidan so`nggi raqibi edi.
“Mening kampaniyamni to`xtatish vaqti keldi. Men hech narsadan afsuslanmayman”, dedi Nikki Xeyli tarafdorlari bilan suhbatda. Reuters agentligining qayd etishicha, Nikki Xeylining prezidentlik poygasidan chiqishi Donald Trampning bo`lajak saylovlarda amaldagi prezident Jo Bayden bilan “revansh”da Respublikachilar partiyasidan nomzod bo`lishini kafolatlaydi.
Xeyli o`zining qisqa nutqida tarafdorlarini sobiq prezidentga ovoz berishga undamadi.






