AsosiyJamiyat

Bugundan barcha gaz “zapravka”lar ochiladi

'Bugundan barcha gaz “zapravka”lar ochiladi'ning rasmi

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi ma`lum qildi.

Hasan Toshxo`jaevning aniqlik kiritishicha, tabiiy gaz bosimining me`yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e`tiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi.

Ma`lumot uchun: 18 fevral kuni respublika hududlarida havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilayotganini inobatga olgan holda barcha avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi. 22 fevraldan boshlab O`zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyatiga qo`yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishi ma`lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar