Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda 2022/2023-o`quv yilida oliy ta`lim tashkilotlarining magistratura yo`nalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.
Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar bo`yicha quyidagicha:
ta`lim – 2 359 nafar;
san`at va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;
tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;
muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;
biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;
ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;
sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot – 392 nafar;
qishloq, o`rmon, baliqchilik xo`jaligi va veterinariya – 265 nafar;
xizmatlar – 179 nafar;
axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 176 nafar.