Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida Cobalt yo`l chetida ketayotgan besh kishini urib yubordi.
Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 5 mart kuni kechki payt 1997 yilda tug`ilgan haydovchi Cobalt’da harakatlanib ketayotganida tajribasizligi sabab boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetida ketayotgan besh kishini urib yuborgan. So`ng daraxtga borib urilib, to`xtagan.
Oqibatda ikki nafar fuqaro og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






