Saida Mirziyoeva bayram arafasida bir qator faol ayollar bilan uchrashdi. Bu haqida o`zi telegram kanalida xabar qoldirdi.
"Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, o`zi yuksak marralarni egallabgina qolmay, boshqalarni ham maqsad va orzular sari ilhomlantirayotgan ajoyib ayollar bilan ko`rishdik.
Uchrashuv davomida tajribamiz, yutuqlarimiz, motivasiya va muvaffaqiyat sirlari bilan o`rtoqlashdik. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda tez-tez uchrayotgan, hali ham echimini topmagan muammolarni ko`rib chiqdik.
Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qat`iyatli xotin-qizlar ko`pligidan xursandman. Ular o`zlarini to`laqonli namoyon etib, maqsadlari yo`lida dadil qadam qo`ymoqdalar. Muammolarni ko`tarishdan cho`chimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni o`zgartirishga hissa qo`shayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman", - deydi Saida Mirziyoeva.






