O`zbekiston hududi bo`yicha ish haftasining boshida boshlangan havo harorat asta-sekin ko`tarilishi davom etadi. Bu haqda “O`zgidromet” xabar bermoqda.
Havo harorati kechalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari 7 martda +13...+16 daraja, 8 martda +17...+20 daraja atrofida bo`ladi.
Bugun hududning katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.
9-11 mart kunlari O`zbekiston bo`yicha beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Respublika hududi bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Harorat foni ancha yuqori bo`lishi saqlanib turadi, kechalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja bo`ladi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, 9 martda ba`zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda 7-8 mart kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi, 9-11 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 9 martda 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +13...+18 daraja bo`ladi.






