Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqlar do`stligi universiteti nomi ostida 2023/2024-o`quv yili qabuli davom etayotganligi to`g`risida e`lonlar tarqalmoqda.
Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi ushbu xabar hech qanday asosga ega emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini feyk (yolg`on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, “Xalqlar do`stligi universiteti” oliy ta`lim xizmatlarini ko`rsatish uchun tasdiqlangan lisenziyaga ega emas hamda lisenziya olish uchun Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligiga «Lisenziya» axborot tizimi orqali belgilangan tartibda biron marotaba ham ariza bilan murojaat qilmagan.






