Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O`zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik va uning sabablarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o`tkazdi.
Ayollar orasida ishsizlikning eng past ko`rsatkichlari Toshkent shahri (7,9), Namangan (11,9) va Toshkent (12,8) viloyatlarida kuzatilmoqda.
Tadqiqot natijalari bo`yicha ishsiz ayollar portreti shakllantirildi:
Ishsiz ayollarning o`rtacha yoshi - 32 yosh.
Ayollar orasidagi ishsizlikning o`rtacha davomiyligi 3 yilni tashkil etadi.
Ekonometrik tahlil natijalariga ko`ra, ayollarning oliy ma`lumotga ega bo`lishi ularning ishlash ehtimolini 0,99 foizga oshiradi, oilali bo`lish esa ishlash ehtimolini 1,35 foizga pasaytiradi.
Ayol yoshining kattalashishi uning ishlash ehtimolini 0,08 foizga oshiradi.
Ishsiz ayollar va tug`ilishlar orasidagi korrelyasion bog`liqlik koeffitsienti 0,79 ga teng bo`lsa, nikohlar bilan bog`liqlik 0,73 ga teng.