AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda "svet"dan noqonuniy foydalanganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson va Chiroqchi tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.M.” va "R.A." fermer xo`jaliklari va “M.A.” MChJ mas`ul shaxslari suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, jami 213,3 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar