AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda direktor o`quvchilarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltakladi

'Qashqadaryoda direktor o`quvchilarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birining direktori o`g`il bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ma`lum qilinishicha, voqea bundan bir yil avval, 2023 yilning fevral oyida viloyatning Yakkabog` tumanidagi 80-maktabda sodir bo`lgan. 

Hozirda maktab direktorining faoliyati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Boshqarma bu kabi holatlarni qoralaydi va direktorning ijtimoiy xavflilik darajasi o`rganilib, unga nisbatan huquqiy chora ko`rilishini bildiradi.

    Boshqa yangiliklar