Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida 77,1 tonna qo`lbola usulda tayyorlangan yog` mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Buxoro viloyati Romitantumanida davlat ro`yxatidan o`tgan “T.” MChJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat ko`rsatuvchi “A.” MChJmas`ul shaxslari o`zaro til biriktirib, “A.” MChJga tegishli noturar binoda yog` mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilgan.
Tadbir davomida ushbu yashirin sexdan qo`lbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi elim idishlarga qadoqlangan iste`molga yaroqsiz yog` mahsuloti, 19 460 dona xo`jalik sovuni, 10 TN. paxta chigiti, 3 TN. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd so`mlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






