10 mart kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.
Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 mart kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kutilmoqda. Xavfli qor uyumlari bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.






