Qozog`istonning Aqto`be viloyatida nosozlik tufayli to`xtab qolgan avtobusdan O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari evakuasiya qilindi. Bu haqda 10 mart kuni Qozog`iston FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, texnik nosoz avtobus Qorabutak-Komsomol-Kostanay avtomobil yo`lining 80-kilometrida to`xtab qolgan. Unda O`zbekiston va Tojikistondan bo`lgan 17 nafar fuqaro bo`lgan.
Ular yaqin atrofdagi masjidga evakuasiya qilingan. Fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan.






