Samarqandda 80 ming dollarlik giyohvand modda savdosi fosh bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Samarqand shahrining Hamid Olimjon MFY hududida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbirda muqaddam sudlangan, 1957 yilda tug`ilgan, Farg`ona viloyatda ro`yxatda turuvchi fuqaro U.T., 1 kg “alfa-pirrolidinovalerofenon(a-PVP) giyohvandlik vositasini 180 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 0,5 kilogrammga yaqinini 80 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






