AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” 11 mart, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kunning ikkinch yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bir oz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar