AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi gaz zapravkada portlash sodir bo`lgani haqidagi xabarlar rad etildi

'Sirdaryodagi gaz zapravkada portlash sodir bo`lgani haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi metan zapravkalarning birida portlash sodir bo`lgani haqida xabarlar taraldi. Viloyat FVB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, ushbu xabarlarni rad etdi.

Ma`lum qilinishicha, 9 mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchasidagi kompressor qismining bir bo`lagi shikastlangan.

Hodisa oqibatida chaqnash va yong`in sodir bo`lmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok bo`lish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz to`ldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.

“Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hech qanday xavotirga o`rin yo`q”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar