Toshkent shahrida yana bir avtobus yo`nalishi 11 mart kunidan boshlab to`xtatildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, Toshkent metropoliteni erusti halqa yo`lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari 2024 yil 11 mart, dushanba kunidan ishga tushishi munosabati bilan, ushbu oraliqda vaqtinchalik faoliyat yuritayotgan “Toshshahartransxizmat”ning “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 1m-sonli Qipchoq–Quruvchilar metrosi vaqtinchalik avtobus yo`nalishida xizmat ko`rsatish 2024 yil 11 mart kunidan boshlab to`xtatildi.
Ushbu avtobus yo`nalishi 2 ta King Long rusumli avtobuslar asosida Turon va Quruvchilar metro bekatlarini o`zaro bog`lash maqsadida 2023 yilning aprel oyida vaqtinchalik harakatlanish uchun tashkil etilgan edi.






