O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshiriqlariga asosan, joriy yilning 11-12 mart kunlari O`zbekiston hukumati delegasiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazish hamda boshqa tadbirlar o`rin olgan.






