Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan oqib o`tuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotgani haqida xabar tarqaldi
Holt bo`yicha o`rganish ishlari olib borildi deya xabar qilmoqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar Prokuraturasi hamkorligida olib borilgan o`rganish natijalari bo`yicha mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Hamda, qurilish materiali hisoblangan (suyuq shpaklevka)ni qonunga xilof tarzda Qoraqamish kollektoriga o`zboshimchalik bilan oqizganligi uchun davlat inspektori tomonidan MJtK ning 91-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning o`n barobari (3 400 000 so`m) miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar o`tkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari bo`yicha tabiatga etkazilgan zarar hisoblanib, qoplama to`lovlari undiriladi.






