AsosiyDunyo

Qo`lga olinganlar IShIDga aloqador ekani aytildi

'Qo`lga olinganlar IShIDga aloqador ekani aytildi'ning rasmi

Turkiyaning mamlakat g`arbidagi Sakarya viloyatida xavfsizlik kuchlari 31 mart kuni bo`lib o`tadigan munisipalitet saylovlari oldidan teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 30 dan ortiq gumonlanuvchini qo`lga oldi, deya ma`lum qildi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya.

“Sakarya viloyatida “Islomiy davlat” terrorchilik guruhiga qarshi o`tkazilgan operasiya davomida (IShIDga aloqador) 33 nafar gumonlanuvchi qo`lga olindi... qo`lga olinganlar orasida saylovlar arafasida teraktlar tayyorlaganlar ham borligi aniqlandi. Ular mojaro zonalariga jangarilarni jo`natib, terrorchilarga moliyaviy yordam ko`rsatgan, noqonuniy masjid va madrasalarga yordam bergan va boshqargan”, — deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmog`ida.

Tintuvlar chog`ida qurol-yarog`, o`q-dorilar, taqiqlangan adabiyotlar va katta miqdordagi valyuta musodara qilindi, dedi Erlikaya.

    Boshqa yangiliklar