“O`zgidromet” haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu ish haftasi davomida O`zbekiston bo`yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.
Bugun hududning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Havo harorati 15-20 daraj iliq atrofida bo`ladi.
Ertaga 12 mart kuni respublikaning ko`pchilik viloyatlarida yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
11-12-mart kunlari respubliknaing ayrim joylarida momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Chorshanba 13 mart kuni yomg`ir yog`adi, yomg`ir asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomg`ir yog`ishi mumkin.
14 martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo`lgan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda yomg`ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog`ingarchilik kutilmaydi.
13-14 mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14-martga kelib, havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
15 martda respublikaning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kutimaydi. Havo harorati 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi.
Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 martda ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtda: bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Ertaga 12 martda yomg`ir yog`adi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo`ladi.
13-14 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 14 martda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq bo`ladi.
15 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi.






