AsosiyJamiyat

Sog`liq uchun xavfli dorilar ro`yxati e`lon qilindi

'Sog`liq uchun xavfli dorilar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

SSV huzuridagi "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi ijtimoiy tarmoqlarda ozdirish vositasi sifatida sotilayotgan mahsulotlardan ogohlantirdi.

Quyidagi mahsulotlarni realizasiya qilish va saqlash taqiqlanadi:

▪️ "Reborn Ultimate"

▪️ "Lipotrim Ultra"

▪️ "Seksualnaya figura”

▪️ "Al-Sheikh"

▪️ "Fatzorb"

▪️ "Fatzorb Ultra"

▪️ "Fatzorb Plus"

▪️ "Spirulina"

▪️ "Arabic"

▪️ "Reduksin Layt"

▪️ "Kod S"

▪️ "Shafran diet"

▪️ "Gold Puma"

▪️ "Blokator jira"

▪️ "Hot pepper"

▪️ "Fermentaiz"

▪️ "Lipoksin dlya poxudeniya"

▪️ "Kuaymy Extra"

▪️ Slim ultra (Samyun Wan)

O`zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo`llar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.

Ta`kidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi "O`zbekiston Respublikasida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to`g`risida"gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxatiga kiritilgan bo`lib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo`lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O`zbekiston Respublikasida davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan.

Eslatib o`tamiz, kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.

    Boshqa yangiliklar