Bugun, 12-mart kuni soat 09:56 da Andijon viloyati, Oltinko`l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVB xabar qildi.
Aniqlanishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga etib borib, yong`in soat 10:05 da o`rab olingan va soat 10:14 da o`chirilgan.
Ma`lum bo`lishicha, yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Ayni vaqtda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.