AsosiyJamiyat

Farg`onada IIB xodimlari va fuqaro o`rtasida janjal yuz berdi

'Farg`onada IIB xodimlari va fuqaro o`rtasida janjal yuz berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rishton tuman markazida IIB xodimlari va fuqaro o`rtasidagi kelishmovchilik yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 12 mart kuni IIO xodimlari tuman markazidagi istirohat bog`ida xizmat olib borayotgan vaqtida, fuqaro Sh.Q. murojaat qilib, o`ziga tegishli bo`lgan telefon apparatini fuqaro A.R. olib qo`yganligini bildirgan.

Xodimlar, fuqaro A.R.ga yuqoridagi holat yuzasidan tushuntirish berish uchun tayanch punktiga birga borishi kerakligi aytilganda, u xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, faol qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.R.ga nisbatan MJtKning 183-, 194-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, sud organiga yuborish choralari ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar