O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun ertalab Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, qolgan hududlarda kun davomida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-6° sovuq bo`ladi.






