Jarqo`rg`on tumanida 8,7 ming kub qum xom ashyosini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.
Departamentning Jarqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “T.K.” MChJ rahbari X.Yu. va boshqalar “Gulhovuz” mahallasi hududidan oqib o`tuvchi daryo o`zanidan MChJga tegishli texnikalar yordamida 8,7 ming kub hajmdagi qum xom ashyosini qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,3 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






