Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In tank ekipaji musobaqalarida yangi turdagi jangovar transport vositasini sinovdan o`tkazdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi.
Musobaqada davlat rahbari bilan birgalikda mudofaa vaziri Kan Sun Nam va Koreya Xalq armiyasi Bosh shtabi boshlig`i Li Yon Gil ishtirok etdi.
“Tank ekipajlarini ko`zdan kechirgandan so`ng, Kim Chen In shaxsan o`zi yangi turdagi jangovar tankga o`tirdi va rulni mahkam ushlab, tankni boshqardi”, — deyiladi bayonotda. Unda qayd etilishicha, Kim Chen In tankning jangovar samaradorligidan “qoniqish bildirgan”, shuningdek, uning manevr qobiliyati va kuchini yuqori baholagan.
Tank ekipaji musobaqasi natijasida Seulning 105-gvardiya tank diviziyasi Ryu Kyungsu g`alaba qozondi. Kim Chen In g`oliblarni erishilgan natijalar bilan tabrikladi va tank ekipajlarining yuqori harbiy tayyorgarligini ta`kidladi.






