Polshaning “LOT Polish Airlines”aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam reyslarni yo`lga qo`ydi. Kecha, 13 mart kuni Varshava aeroportidan Toshkentga birinchi muntazam parvoz amalga oshirildi. Parvoz 6 soat davom etgan.
Toshkent xalqaro aeroportida yangi yo`nalishning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
“O`zbekiston dunyodagi eng qiziqarli mamlakatlardan biri bo`lib, Polsha va Evropadan kelgan yo`lovchilarga juda ko`p narsalarni taklif qila oladi. Biz bu yo`nalishni O`zbekiston fuqarolari manfaatlarini ham hisobga olgan holda ochdik. Qulay tranzit punkti bo`lgan Varshavaning Shopin eroportidan Toshkent yo`lovchilari bizning yo`nalishlar tarmog`imizda mavjud bo`lgan Evropa yoki Shimoliy Amerikaning 80 ga yaqin shaharlariga etib borishlari mumkin”, dedi aviakompaniya bosh direktori Mixal Fiyol.
“Pandemiyadan so`ng O`zbekiston fuqarolari uchun Evropa shaharlariga, evropaliklar uchun esa O`zbekiston shaharlariga parvozlarni ochgan birinchi Evropa aviakompaniyasi bo`ldi bu”, — dedi "Uzbekistan Airpots" rahbari Javlonbek Umarxodjaev .
Toshkent – Varshava – Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Aprel va may oylarida aviatashuvchi, chorshanba kunlari Varshavaga rejalashtirilgan qaytish bilan, seshanba kunlari ushbu yo`nalish bo`yicha qo`shimcha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.






