Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.
Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlari bilan bo`lib o`tgan qo`shma matbuot anjumanida ma`lum qilgan.
U har uch davlatning xalqaro platformalar doirasidagi qo`llab-quvvatlanishi siyosiy muloqotni olg`a surayotgan omil ekanini ta`kidladi.
“Bugun uchrashuvimiz yakunlari bo`yicha imzolangan Boku deklarasiyasi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, - dedi Bayramov.