AsosiyJinoyat

U Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro`yxatida turgan

'U Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro`yxatida turgan'ning rasmi

Joriy yilning 17 mart kuni soat 13:05 atrofida poytaxtning "Eski Juva" bozori hududida xizmat vazifasini o`tayotgan Milliy gvardiya xodimlarining sergakligi tufayli ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekanligi aniqlanib, u Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro`yxatda turishi ma`lum bo`ldi.

Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB mas`ul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo`yilgan.

 

    Boshqa yangiliklar