AsosiyJinoyat

7 yashar qiz qarindoshi tomonidan urib o`ldirildi

'7 yashar qiz qarindoshi tomonidan urib o`ldirildi'ning rasmi

Bekobod tumani Zafar shaharchasida 7 yashar qiz qarindoshi tomonidan urib o`ldirildi. Bu haqida Bosh porkuratura darakchi.uz'ga berdi.

Qizchaning ota-onasi Rossiyaga ishlagani ketib, ikkita qizini Bo`ka tumani Cho`labod qishlog`ida yashovchi qarindoshiga ishonib topshirib ketadi.

Ota-ona Rossiyada ishlab yurganda ularning bolalari har kuni itdek kaltak eb, qiynalib yurardi. Vasiylikka ishonib berilgan ayol shu yil 11 mart kuni qarindoshlarining kichik qizini katta yog`och bo`lakchasi bilan kaltaklab, urib o`ldirib qo`ydi.

Avvaliga urib, badanlarini ko`kartirib, ingrab yotgan 7 yashar qizchani joyiga olib kirib yotqizib qo`ygan. Yarim tunda ham qizchaning ovozi bosilmaganidan keyin chiqib yana urgan. Oxiri jimib qolganidan xavotirlanib tez yordam chaqirgan. Bor-yo`q aybi ko`chada bolalarga qo`shilib ozroq o`ynagan qizaloq mana shunday tarzda qiynab o`ldirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar