AsosiyDunyo

“U bizda bo`lgan eng ahmoq prezident”

'“U bizda bo`lgan eng ahmoq prezident”'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat tarixidagi eng korrupsioner va qobiliyatsiz davlat rahbari hisoblanadi. Bu fikrni Amerikaning sobiq etakchisi Donald Tramp radio boshlovchisi Xyu Xyuittga bergan intervyusida aytib o`tgan, deya xabar bermoqda zamon.uz.

“Bu ahmoq prezident tufayli butun dunyo portlamoqda. U bizda bo`lgan eng ahmoq prezident. U eng buzuq va eng qobiliyatsizdir”, dedi Tramp.

Shuningdek, Tramp AQShga rahbarlik qilganida Ukraina va G`azo sektoridagi mojarolar hech qachon ro`y bermasligini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq sobiq prezident Jo Baydenning teleboshlovchi Seyj Stilga bergan intervyusi to`liq sahnalashtirilganini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar