1

Nyu-Yorkda ayollarga hijobni echishga majburlagan polisiyasi xodimlariga chora ko`rildi

Dunyo 06.04.2024, 16:45
Nyu-Yorkda ayollarga hijobni echishga majburlagan polisiyasi xodimlariga chora ko`rildi

Nyu York polisiyasi suratga olishdan oldin hijoblarini echishga majburlab, ularning huquqlarini poymol qilganini aytgan ikki musulmon ayolning da`vosini hal qilish uchun 17,5 million dollar to`lashga rozi bo`ldi. Bu haqda The Gurdian xabar berdi.

“Dastlabki kelishuv bitimi suratga tushishdan avval diniy bosh kiyimini echishi kerak bo`lgan shaxslarni qamrab oladi. Da`vo 5-aprel kuni Manhetten federal sudiga topshirilgan va AQSh okrug sudyasi Analisa Torresning roziligini talab qiladi. Umumiy to`lov yuridik to`lovlar va xarajatlar chegirib tashlanganidan keyin taxminan 13,1 million dollarni tashkil qiladi. Har bir da`vogarga 7 824 dan 13 125 dollargacha kompensasiya to`lanadi”, –deyiladi xabarda. 

2014-yilning 16-martidan 2021-yilning 23-avgustiga qadar diniy bosh kiyimini echishga majbur bo`lgan shaxslar kompensasiya olish huquqiga ega.

Kelishuv 2018-yilda ikki nafar ayol tomonidan mazkur masala bo`yicha qo`zg`atilgan da`voni hal qiladi. O`tgan yili Manhetten va Bruklinda polisiya ularni suratga olish uchun hijoblarini echishga majburlagani aytilgan.

Da`voga javoban, Nyu York polisiya boshqarmasi 2020-yilda erkaklar va ayollar suratga tushganda yuzlari ko`rinish sharti bilan diniy bosh kiyim kiyishga ruxsat bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1