AsosiyDunyo

Rossiyada O`zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi

'Rossiyada O`zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi'ning rasmi

Bugun, 8 aprel kuni taxminan soat 1:00 da Rossiyaning Kinelskiy tumanida avtobus ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Samara viloyati YHB xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi “SCANIA” rusumli avtobusni haydab ketayotib, “Ural-Muxanovo” yo`lining 26 kilometrida YTH sodir etgan va avtobus ag`darilgan. 2 yo`lovchi voqea joyida halok bo`lgan, 10 nafar yo`lovchi tibbiy muassasaga etkazilgan.Voqea joyida tergov-tezkor guruhi, viloyat Davlat yo`l inspeksiyasi rahbariyati va Rossiya Federasiyasi IIV hududiy boshqarmasi ishlamoqda. Polisiya xodimlari hodisaning barcha holatlarini aniqlashda davom etmoqda. Davlat Yo`l harakati xavfsizligi xizmati Inspeksiya haydovchilarga yo`lda o`ta ehtiyotkor bo`lishni, belgilangan tezlik me`yoriga qat`iy rioya qilishni, avtomobillar orasidagi xavfsiz masofa va intervalni tanlashni, shuningdek, to`satdan manevrlardan saqlanishni tavsiya qildi.
 

    Boshqa yangiliklar