Tojikiston fuqarolari uchun Turkiyadagi viza tartibi 20 apreldan kuchga kiradi
20 apreldan Turkiyaga borishni xohlovchi Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibi joriy etiladi, deb yozdi “Kommersant”.
Turkiya Tojikiston bilan vizasiz rejim bekor qilinganini 6 aprel kuni e`lon qildi. Anqara buning sababini aniqlamadi.
Sputnik-Tojikiston manbasiga ko`ra, “Krokus Siti Xoll”dagi teraktni sodir etganlikda gumon qilinganlardan biri Shamsidin Fariduni Turkiyadan tojik ekstremistik tashkilotlari bilan aloqador bo`lgan. Manbaga ko`ra, erkak Istanbulda terakt uyushtirishga o`rgatilgan.






