AsosiyJamiyat

Toshkentga yangi 2 ta zamonaviy metro poezdi olib kelindi

'Toshkentga yangi  2 ta zamonaviy metro poezdi olib kelindi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahriga yana yangi to`rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poezdlari olib kelindi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, yo`nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo`riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o`tkazilib, so`ngra yo`lovchilarga xizmat qilishi uchun yo`nalishlarga chiqariladi.

Shuningdek, 2024 yil may oyida yana 3 ta metro poezdi olib kelinishi rejalangan.


 

 

    Boshqa yangiliklar