O`zgidromet haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 22-27daraja, janubda 30 darajagacha bo`ladi.
Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
Ertaga 9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi va havo harorati 15-20darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi.
10-11 aprelda O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27d arajagacha, janubda 30darajagacha ko`tariladi.
12-14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`ladi. Harorat asosan kechalari 7-12daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja bo`ladi. Respublika shimolida yomg`ir yog`ishi ehtimoli kam.
Tog`li hududlarda 9 va 12-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, baland tog`larda qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda: bugun kunduzi havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26daraja bo`ladi.
9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Harorat 16-18daraja bo`ladi.
10-11 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja bo`ladi.
12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Harorat 18-23 daraja bo`ladi.
Harorat asosan kechalari 7-12 daraja bo`ladi.






