AsosiyJamiyat

Rasman! Ramazon hayiti 10 aprelga to`g`ri kelmoqda

'Rasman! Ramazon hayiti 10 aprelga to`g`ri kelmoqda'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi onlayn majlisi bo`lib o`tdi. Unda Ramazon hayitini ko`tarinki ruhda o`tkazishga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilindi, deya xabar qildi Idora matbuot xizmati.

Yig`ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to`g`ri kelishi va hijriy 1445 yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo`yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko`rib chiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari mas`ullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilindi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprel, chorshanba kuniga to`g`ri kelishi kutilayotganini ma`lum qildi.


 

 

 


 

 

    Boshqa yangiliklar