“Ramazon Hayiti” ayyomi kunida metro poezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya`ni soat 04:00 dan yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishni boshlaydi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo`shimcha dam olish kunlarida (11,12,14 aprel) metro poezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13 aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
#metro #grafik #poytaxt






