1

Ispaniya Ta`limni xalqarolashtirish xizmati direktori amaliy safar bilan O`zbekistonga keladi

Dunyo 14.04.2024, 10:10
Ispaniya Ta`limni xalqarolashtirish xizmati direktori amaliy safar bilan O`zbekistonga keladi

O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida oliy ta`lim sohasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida joriy yilning 15-16 aprel kunlari Ispaniya Ta`limni xalqarolashtirish xizmati direktori Alfonso Xentil Alvares-Ossorio boshchiligidagi delegasiya amaliy safar bilan O`zbekistonga keldi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

Maqsad – ikki mamlakat oliy ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Evropa Ittifoqining "Erazmus+" ta`lim dasturi doirasida turli loyihalarda ishtirok etishni ta`minlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Ispaniya delegasiyasi tarkibidan mamlakatning Alikante, Almeriya, Valyadolid, Granada, Uelva, Xaen, Lerida, Salamanka, Seviya, San Xorxe kabi etakchi universitetlari va Evro-Arab jamg`armasi vakillari o`rin olishi rejalashtirilgan.  

Tashrif chog`ida Samarqand va Toshkent shaharlarida ikki mamlakat oliygohlari vakillari ishtirokida seminar va B2B formatidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi.

Safar oldidan ikki mamlakat oliy ta`lim muassasalari vakillari ishtirokida vebinar tashkil etildi.

Muloqot davomida Ispaniya universitetlari vakillari ta`lim muassasalari faoliyati haqida taqdimotlar tashkil etdilar va hamkorlik bo`yicha o`z takliflarini ilgari surdilar.

Vebinar ishtirokchilari joriy yilning 15-16 aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tadigan uchrashuvlarda muloqotni davom ettirish va hamkorlik istiqbollarini belgilab olishga kelishib oldilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1