1

O`zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqirdi

Jamiyat 15.04.2024, 13:57
O`zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni to`xtatishga chaqirdi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sababli rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.  

Unga ko`ra, O`zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda. O`zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo`lgan barcha choralarni ko`rishga chaqiradi.

"Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko`lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz", – deyiladi bayonotda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1