"Tolibon" hukumati O`zbekistonga yangi elchisini tayinladi. Bu haqda "Tasnim" axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdul G`affor Bahr oldinroq "Tolibon"ning Toshkentdagi elchisi etib tayinlangan Mug`furulloh Shahobning o`rnini egallagan.
"U Qandahordan bo`lib, "Tolibon" muvaqqat hukumatining Oliy sudida tekshiruv va tadqiqot bo`limi direktori bo`lib ishlagan", deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, oldinroq Mug`furulloh Shahob Afg`oniston muvaqqat hukumatining Toshkentdagi elchisi vazifasiga kirishgandi. U “Tolibon” tog`-kon vazirining o`g`li ekani aytilgan.