1

"Agar g`alaba qozonsangiz sochimni kalga olaman"

Sport 29.04.2024, 14:27
Teglar: Abdurahmon Fozilov, Ibrohimhalil Yo`ldoshev
"Agar g`alaba qozonsangiz sochimni kalga olaman"

Abdurahmon Fozilov Indoneziyaga qarshi o`yin oldidan Ibrohimhalil Yo`ldoshev bilan garov bog`ladi.

Xabaringiz bor bugun Qator mezbonligida o`tkazilayotgan Osiyo kubogi doirasida yarim final uchrashuvlari o`tkaziladi. Unda Indoneziya - O`zbekiston va Yaponiya - Iroq juftliklari final va Olimpiya o`yinlari yo`llanmasi uchun maydonga tushadi. 

Indoneziya - O`zbekiston uchrashuvi oldidan Abdurahmon Fozilov O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo`ldoshev bilan garov bog`ladi. Agar O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi g`alaba qozonadigan bo`lsa, Abdurahmon Fozilov sochini kalga olishini aytdi. Agar natija aksincha bo`lsa, Ibrohimhalil Yo`ldoshevning sochlari kalga olinadi.

Eslatib o`tamiz, Indoneziya - O`zbekiston uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da, "Abdulloh Bin Xalifa" stadionida boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1