1

Rossiyada xorijlik fuqarolar uchun imtihon sifati ustidan nazoratni kuchaytirilmoqda

Dunyo 30.04.2024, 11:44
Rossiyada xorijlik fuqarolar uchun imtihon sifati ustidan nazoratni kuchaytirilmoqda

Endi Rossiyada faqat universitetlar va davlat tashkilotlari xorijliklar uchun rus tili, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslaridan imtihonlarni qabul qiladi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Fan va oliy ta`lim vazirligi o`zining Telegram-kanalida ma`lum qildi. Boshqarma ma`lumotlariga ko`ra, tashrif buyuruvchilar uchun test sinovlari o`tkazish huquqiga ega bo`lgan barcha 12 ta universitet tijorat hamkorlari bilan shartnomalarini bekor qilgan. Shunday qilib, xorijliklarning bilimini baholashda faqat davlat organlari ishtirok etadi. Ta`lim va fan vazirligi, shuningdek, bunday imtihonlar uchun saytlar tez orada Rossiya Federasiyasining barcha hududlarida paydo bo`lishiga ishontirdi.
 

“Bu chora-tadbirlarning barchasi xorijlik fuqarolar uchun imtihon sifati ustidan nazoratni kuchaytiradi. Rektorlarga ham bilimlarni sinovdan o`tkazish tartibining o`ziga, ham sertifikatlar berishga alohida e`tibor qaratish zarurligini eslataman”, — dedi Fan va oliy ta`lim vaziri o`rinbosari Konstantin Mogilevskiy universitet rahbarlari bilan uchrashuvda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1