AsosiyDunyo

Kasalxonada ruh paydo bo`lib, sharni o`ynatdi (Video)

Argentinaning Rosario shahridagi bolalar kasalxonasida o`zidan-o`zi paydo bo`lgan havo sharchasi uni xuddi birov ko`tarib ketayotganday taassurot uyg`otib, atrofdagilarni vahimaga soldi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Bemorlar sharchani kasalxonada vafot etgan bemor bolalardan birining ruhi o`ynayapti, degan xulosaga kelishdi. Bu voqeani kasalxona hamshiralaridan biri videoga oldi. Videorolikda sharning poldan o`n santimetr yuqorida harakatlanayotgani aniq ko`ringan. Guvohlardan birining aytishicha, u koridor bo`ylab shar tomonga yurganida, shar keskin ravishda ortga burilgan. Videoning oxirida shar operator va uning hamkasbi tomonga qarab yo`l olgan, buni ko`rgan operator qo`rqqanidan oshxonaga qochib kirdi.

Voqea shu bilan tamom bo`lmadi, “jonli” shar operator-hamshira yashiringan oshxona tomonga yo`l oldi. Buni ko`rgan hamshira dahshatdan baqirib yubordi. Oddiy sharlarning insonni ta`qib qilmasligi hammaga besh qo`lday ayon, ular bino ichida shiftgacha ko`tariladi. “Jonli” shar esa poldan bor-yo`g`i o`n santimetr yuqorida harakatlandi. Hamshiraning aytishicha, bundan sal ilgari bemor qizchalardan biri palatada yolg`iz qolganida, kimdir oyog`iga yopishib, harakatlanishiga yo`l qo`ymaganligidan shikoyat qilgan. Balki bu o`sha “jonli” sharni o`ynatgan arvohdir?

Videorolik bilan tanishgan mahalliy, g`ayritabiiy hodisalar tadqiqotchisi Dante Taparelli bu haqda jurnalistlarga shunday dedi: “Ha, haqiqatan ham sharni ko`zga ko`rinmas mavjudot boshqarganiga men ham ishondim. Menimcha, bu erda qo`rqadigan hech nima yo`q. Rostdan ham kasalxonada vafot etgan bolaning ruhi bo`lgan taqdirda ham u hech kimga yomonlik qilmaydi. Bunday voqealar odamlarni qo`rqitmasligi, balki ruh o`lmasligiga, uning abadiyligiga ishonch paydo qilishi lozim”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar