AsosiyJamiyat

Yaponiyada nilufarning yangi turi aniqlandi

'Yaponiyada nilufarning yangi turi aniqlandi'ning rasmi

Kioto universiteti va OsakaMetropolitan universiteti botaniklari yapon nilufarining yangi turini aniqlashdi. Unga Lilium pacificum ilmiy nomi berildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Lilium pacificum Xonsyuning Tinch okeaniga qaragan qirg`oq hududlarida o`sadi. Gulning g`ayrioddiy xususiyati bor - barglarining uchlari tirnoq shaklida kavisli.

Yangi tadqiqot mualliflari zambaklar evolyusion tarixini ochishga harakat qilishdi. Ilgari faqat to`rtta taksonomik guruh ma`lum edi, ammo olimlar yana ko`p bo`lishi mumkinligiga ishonishmoqda.

Olimlar sakkizta taksonomik guruhning ettitasi Yaponiyaga xosdir, degan xulosaga kelishdi. Ularning har biri o`z yashash muhitiga moslashgan, xoh u qirg`oq bo`lsin, xoh tog`lar bo`lsin, o`ziga xos xususiyatlarga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar