Tuapse shahrida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 15 nafar O`zbekiston fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Ria Novosti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Rossiyaning Tuapse shahrida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 15 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi jarimaga tortiladi va Rossiyadan chiqarib yuboriladi, degan Krasnodar o`lkasi prokuraturasi.
Chorshanba kuni internetda ommaviy mushtlashuv tasvirlari paydo bo`ldi. Erkaklar yo`l chetidagi yo`lakda to`da bo`lib mushtlashib, bir kishini erga yiqitgan va tepgan.
“2024-yil 24 aprel kuni Tuapse shahrida sodir bo`lgan mushtlashuvda qatnashgan 15 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi aniqlandi... Barcha 15 nafar xorijiy fuqarolarga nisbatan Rossiya Federasiyasi hududidan majburiy chiqarib yuborish bilan ma`muriy javobgarlikka tortish to`g`risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.






